Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 3-oktabr, 2026

Bu siyosat 189 mobil ilovasi va 189ball.uz sayti (keyingi o‘rinlarda — «189», «biz») foydalanuvchilarning ma’lumotlarini qanday yig‘ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi.

Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Hisob: Telegram orqali kirganingizda Telegram ID, telefon raqamingiz, ismingiz, Telegram username va profil rasmingiz.

Profil: o‘zingiz kiritgan bio, maqsadli universitet va fakultet, qiziqqan fanlaringiz, ilova tili va bildirishnoma sozlamalari.

Testlar va musobaqalar: javoblaringiz, natijalaringiz, musobaqalardagi ishtirok va o‘rinlaringiz.

To‘lovlar: balans tarixi, to‘ldirish summasi va siz yuklagan to‘lov cheki rasmi. Karta raqami yoki karta ma’lumotlarini so‘ramaymiz va saqlamaymiz.

Do‘stlar va chat: do‘stlik so‘rovlari, bloklashlar, yuborgan xabarlaringiz va shikoyatlar.

Qurilma: qurilma nomi, operatsion tizim, ilova versiyasi, kirishdagi IP manzil va push-bildirishnoma tokeni.

Diagnostika: ilova xatolari haqidagi hisobotlar (Firebase Crashlytics) va ilovadan foydalanish statistikasi (Firebase Analytics).

Ma’lumotlar nima uchun ishlatiladi

Hisobingizni yaratish va unga kirish, test va musobaqalarni o‘tkazish, natija va reytingni hisoblash, balans va to‘lovlarni yuritish.

Bildirishnomalar yuborish (push va Telegram bot orqali): musobaqa eslatmalari, to‘lov holati, yangi testlar. Har bir turini ilova sozlamalarida o‘chirishingiz mumkin.

Halollikni ta’minlash: sovrinli musobaqalarda bitta telefon raqamiga bitta hisob.

Xatolarni tuzatish va ilovani yaxshilash.

Kim ko‘radi

Profilingiz (ism, username, rasm, bio, natijalar) ilovaning boshqa foydalanuvchilariga ko‘rinadi. Telefon raqamingiz va javoblaringiz boshqa foydalanuvchilarga hech qachon ko‘rsatilmaydi.

Chat xabarlaringizni faqat suhbatdoshingiz ko‘radi. Administratorlar faqat shikoyat qilingan xabarlarni ko‘radi.

Xizmat ko‘rsatuvchilar: Google Firebase (push-bildirishnomalar, xatolik hisobotlari, statistika) va Telegram (kirish va bot xabarlari).

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi tomonlarga bermaymiz. Qonun talab qilgan hollarda vakolatli organlarga taqdim etilishi mumkin.

Saqlash va himoya

Ma’lumotlar hisobingiz faol ekan saqlanadi. Hisobni o‘chirishni so‘rasangiz, 30 kun ichida o‘chiriladi; to‘lov yozuvlari qonun talab qilgan muddat davomida saqlanadi.

Ilova va server o‘rtasidagi aloqa HTTPS orqali shifrlanadi.

Huquqlaringiz

Profil ma’lumotlarini ilovada o‘zingiz o‘zgartirishingiz, bildirishnomalarni o‘chirishingiz va hisobingizni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin — «Hisobni o‘chirish» sahifasiga qarang.

Bolalar

189 abituriyentlar uchun mo‘ljallangan va 13 yoshdan kichik bolalar uchun emas. Bunday bolaning ma’lumoti yig‘ilganini bilsak, uni o‘chiramiz.

O‘zgarishlar va aloqa

Siyosat o‘zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi.

Savollar bo‘yicha: alishernarzullayev7777@gmail.com yoki Telegram bot @offical189bot.